29/11/2024

2024- yil yanvar-oktabr oylarida Toshkent viloyatida suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 333,9 mlrd so‘mni (jami sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining 0,3% ni) tashkil etdi.

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan oqava suvlarni yo‘qotish, transportirovka qilish va ishlov berish bo‘yicha xizmatlar 54,0 mlrd so‘m yoki 16,1 % ga ko‘payganligi kuzatildi. Shuningdek, Xavfsiz chiqindilarni yig`ish bo`yicha xizmatlar 2,5 mlrd so‘m va 16,1 % ga ko‘paygan.