26/11/2024

2024- yil 1- noyabr holatiga koʻra, viloyatda faoliyat koʻrsatayotgan chet el investitsiya ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 1 755 taga yetdi. Shundan qo‘shma korxonalar 42 ta va xorijiy korxonalar 1 283 tani tashkil etgan. Shulardan sohalar bo‘yicha eng ko‘pi savdo sohasida 525 ta va sanoat sohasida 677 taga to‘g‘ri keldi. Keyingi besh yilda korxonalar son 1,2 barobarga oshdi. Yetakchi o‘rinni 661 ta korxonada to‘liq yoki qisman ulushi mavjud bo‘lgan Xitoy Xalq Respublikasi egallagan.