25/11/2024

Joriy yilning 25-noyabr kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasining tarmoq va hududiy statistika bo‘limlarida Statistika agentligi tomonidan 2024- yil 18-22- noyabr kunlari o‘tkazilgan kompleks o‘rganish natijalarini muhokama qilish yuzasidan Agentlikning sayyor  Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Statistika agentligi direktori oʻrinbosari Z.Ziyayev, Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat koʻrsatish boshqarmasi boshlig‘i N.Sheraliyev, Xizmatlar sohasi statistikasi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari F.Berdibayev hamda Toshkent viloyati statistika boshqarmasi rahbariyati, tarmoq hamda tuman (shahar) statistika bo‘limlari boshliqlari ishtirok etishdi.

Kun tartibiga binoan, Statistika agentligi direktori oʻrinbosari Z.Ziyayev Hay’at yigʻilishini ochib berib, boshqarma va hududiy statistika boʻlimlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar hamda tizimda 2024- yil yakunlari bo‘yicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar samaradorligi borasida va yoʻlga qoʻyilgan xato-kamchiliklar borasida toʻxtalib oʻtdi.

Shuningdek, yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarmagan xodimlarga nisbatan tegishli intizomiy choralar ko‘rish hamda ish faoliyatini namunali tashkil qilgan xodimlarni rag‘batlantirish bo‘yicha qarorlar qabul qilindi.