2024- yilning yanvar-oktabr oylarida Oqqo‘rg‘on tumanida chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 1 044,3 mlrd so‘mni va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 109,7 % ni tashkil etdi.
Tumanda chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning tovar aylanmasi hajmi 24,9 mlrd so‘mni, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarning chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 1019,4 mlrd so‘mni tashkil etdi.
O‘rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 9,2 mln so‘mga to‘g‘ri keladi.