2024- yilning yanvar-oktabr oylarida viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi 27724,0 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 111,2 % ga yetdi.
O‘tgan yilning mos davriga nisbatan viloyatning Ohangaron shahri (112,3 %), Zangiota (116,1 %) va Bo‘stonliq (113,6 %) tumanlarida chakana savdo tovar aylanmasining eng yuqori o‘sish sur’atlari qayd etildi.