Joriy yining 18- noyabr kuni Toshkent viloyati Ohangaron shahri Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialida o‘qituvchi va talabalar ishtirokida aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent viloyati statistika boshqarmasi “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i U.Sattorov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilda aholini ro‘yxatdan o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019- yil 5-fevraldagi PF-5655 son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020- yil 11-noyabrdagi 710-sonli qarori to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tdi.
Seminar jarayonida aholini ro‘yxatdan o‘tkazilishi natijasida aholining aniq soni, yoshi, jinsi, fuqaroligi, milliy tarkibi, oilaviy ahvoli, ma’lumoti, kasbi, uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi, mehnat resurslari, bandligi va ishsizligi, daromad manbalari bo‘yicha batafsil ma’lumot to‘planishi, mazkur ma’lumotlar orqali aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar hisoblanishi, Respublika va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, ayollar hamda bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha dasturlarni manzilli ishlab chiqish imkoniyati yaratilishi to‘g‘risida aytib o‘tildi. Suhbat yakunida talabalar qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.