19/11/2024

2024- yil 1- noyabr holatiga ko‘ra, viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan har uchinchi korxona savdo sohasida faoliyat yuritadi, ularning 99,6 foizi yoki 13,9 mingtasi kichik biznes subyektlariga to‘g‘ri keladi. Savdo sohasining yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimoti quyidagicha: -

avtomobil va mototsikllar savdosidan tashqari chakana savdo yo‘nalishi 60,6 foiz ulushni tashkil etdi; -

avtomobil va mototsikllar savdosidan tashqari ulgurji savdo yo‘nalishida 31,0 foiz ulushni tashkil etdi; -

avtomobil va mototsikllarning ulgurji va chakana savdosi va ularni ta’mirlash yo‘nalishida 8,4 foiz ulushni tashkil etdi.