2024– yilning yanvar – sentabr oylarida Toshkent viloyatida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 306,9 ming tonna kartoshka yetishtirildi.
Kartoshka yetishtirish o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,3 % ga ko‘paygan.
Kartoshka ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, kartoshka ishlab chiqarish umumiy hajmidan 85,1 % i dehqon xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.