13/11/2024

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2024- yil yanvar-sentabr oylarida yalpi ichki mahsulotning 10,1 foizi, sanoat mahsulotlarining 15,6 foizi, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larning 9,6 foizi, chakana savdo tovar aylanmasining 9,4 foizi, asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning 14,7 foizi, qurilish ishlari hajmining 10,4 foizi, ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmining 6,9 foizi, eksportning 7,2 foizi va importning 9,9 foizi Toshkent viloyati hissasiga to‘g‘ri keldi.