Joriy yilning 12-noyabr kuni Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahar 9-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabi o‘quvchilari va o‘qituvchilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining 2019- yil 5-fevraldagi “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF-5655-son farmonining mohiyati va mazmunini tushuntirish yuzasidan o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda Toshkent viloyati statistika boshqarmasi “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i U.Sattorov hamda hududiy statistika bo‘limi xodimlari ishtirok etib, unda aholi tarkibining holati va rivojlanish dinamikasi haqida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ishonchli va xolis axborotni olish, yashash shart-sharoitlarini yaxshilash va boshqa ma'lumotlar haqida axborot berdi.