12/11/2024

2024- yilning yanvar – sentabr oylarida, O‘rta Chirchiq tumanida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotarining umumiy hajmi 1 867,9 mlrd so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 103,3 % ni tashkil qildi.

 Hududning qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda dehqonchilik mahsulotlari ulushi 9,1 %ni va chorvachilik mahsulotlari ulushi 90,9 %ni tashkil etdi. Yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tarkibidagi fermer xo‘jaliklarining ulushi 22,6 %, dehqon va tomorqa xo‘jaliklari ulushi 57,9 % va qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar ulushi 19,5 % hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.