2024– yilning yanvar – sentabr oylarida Toshkent viloyatida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 542,2 ming tonna don va dukkakli don yetishtirilgan.
O‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,9 % ga ko‘paygan.
Don va dukkakli don ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, don ishlab chiqarish umumiy hajmidan 50,3 % i fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.