2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Toshkent viloyatida YAHMning o‘sishi hudud iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridagi ijobiy o‘sish sur’atlari bilan bog‘liqdir.
O‘sish sur’atlari qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 103,3 % (YAHMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibidagi ulushi – 18,1 %), sanoatda – 107,3 % (45,3 %), qurilishda – 115,3 % (7,5 %), xizmatlar sohasida – 110,2 % ni (29,1 %) tashkil etdi. Xizmatlar sohasi tarkibida o‘sish sur’atlari savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda 113,8 % (10,5 %), tashish va saqlash, axborot va aloqa 114,3 % (4,8 %), boshqa xizmat tarmoqlarida 106,0 % dan (13,8 %) iborat bo‘ldi.