Joriy yilning 4- noyabr kuni Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joylarning tanlama kuzatuvlari o‘tkazildi. Kuzatuvda Statistika agentligi Investitsiyalar va qurilish statistikasi boshqarmasi boshlig‘i M. Jomolov, Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o’rinbosari E.Urinov hamda Hurafshon shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi M.Muzaffarov ishtirok etishdi.
Tanlama kuzatuvidan maqsad, ishga tushirilgan yakka tartibdagi uy-joylar umumiy qurilish osti maydonining 1kv/m qiymatini hisoblash uchun zarur bo‘lgan moddiy va mehnat resurslari miqdori haqidagi ma’lumotlarni olishdan iboratdir.