2024- yilning yanvar-sentabrida Toshkent viloyatida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng ko‘p kichik korxona va mikrofirma savdo sohasida 2022 ta, sanoatda 1017 ta hamda qishloq va o‘rmon xo‘jaligi bo‘yicha xizmatlarda 544 ta yangidan tashkil etilgan.
Viloyatning tumanlari va shaharlari kesimida tahlil qilinganda, eng ko‘p kichik korxona va mikrofirma Zangiota tumanida 589 ta, Parkent tumanida 505 ta hamda Qibray tumani 387 ta yangidan tashkil etilgan.