2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Toshkent viloyatining chakana savdo tovar aylanmasi 24 397,1 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 110,5 % ga yetdi.
O‘tgan yilning mos davriga nisbatan viloyatning Ohangaron shahri (112,3 %), Zangiota (115,0 %) va Bo‘stonliq (113,0 %) tumanlarida chakana savdo tovar aylanmasining eng yuqori o‘sish sur’atlari qayd etildi.
Toshkent viloyatida chakana savdo tovar aylanmasida eng yuqori ulush Olmaliq shahar 8,4 % (2 038,7 mlrd so‘m), Zangiota tumani 11,8 % (2 879,9 mlrd so‘m), Toshkent tumani 7,6 % (1 857,2 mlrd so‘m) hissasiga toʻgʻri keldi.