Toshkent viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2024- yil yanvar-sentabr oylarida Toshkent viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy holati raqamlarda:
🔸yalpi hududiy mahsulot hajmi – 102,3 trln so‘m
🔸ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi – 98,3 trln so‘m
🔸bajarilgan qurilish ishlari hajmi – 17,4 trln so‘m
🔸asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi – 50,4 trln so‘m
🔸 ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi – 38,8 trln so‘m
🔸 chakana savdo tovar aylanmasi hajmi – 24,4 trln so‘m
🔸 tashqi savdo aylanmasi hajmi – 4,2 mlrd AQSH dollari
🔸qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlarining hajmi – 31,1 trln so‘m
🔸 yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni – 5 534 ta
🔸doimiy aholisi soni (2024- yil 1- oktabr holatiga) – 3,1 mln kishiga yetdi yoki 3 094 870 kishini tashkil qildi.