Toshkent viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2024- yilning yanvar – sentabr oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmi 30 857,0 mlrd so‘mni yoki 2023-yilning mos davriga nisbatan 103,1 %ni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 29 676,3 mlrd so‘mni (103,0 %), o‘rmon xo‘jaligi – 850,9 mlrd so‘mni (103,5 %), baliqchilik xo‘jaligi – 329,3 mlrd so‘mni (112,9 %) tashkil qildi. Respublika qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarkibida Toshkent viloyatining ulushi 9,6 %ni tashkil etdi.