Joriy yilning 25-oktabr kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminarda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari E. Urunov, 2024- yil 27-oktabr kuni mamlakatimizda kutilayotgan ulkan siyosiy jarayon – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi o‘tkazilishi va bu saylovlarda tizim xodimlari faol qatnashib, o‘z siyosiy huquqlaridan foydalangan holda, munosib nomzodga ovoz berishlari haqida aytib o‘tdi.