23/10/2024

✅Joriy yilning 23-oktabr kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari E. Urunov hamda Xizmatlar sohasi statistikasi bo‘limi boshlig‘i M.Tastanbekov tomonidan hududiy statistika boʻlimi xodimlari uchun vebinar tashkil etildi.

 Ushbu,vebinarda xizmatlar sohasi statistikasiga oid koʻrsatkichlarni shakllantirish tartibi va amalga oshirilayotgan ishlar holati bo‘yicha batafsil tushuntirib berildi. Ushbu koʻrsatkichlarni hududlar kesimida hisoblash va e’lon qilish tartibi misollar bilan koʻrsatildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi.