Qayd etish kerakki, sanoat tarmog‘i iqtisodiy faoliyat turlari ichida yuqori salohiyatga ega bo‘lgan tarmoqlardan biri hisoblanadi. Joriy yilning 1-oktabr holatiga viloyatimizda 6 681 sanoat korxonalari faoliyat yuritmoqda. So‘nggi yillarda sanoat sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning o‘sish dinamikasi quyidagicha aks topdi:
- 2020 yilda – 8 370 ta
- 2021 yilda – 9 559 ta
- 2022 yilda – 9 722 ta
- 2023 yilda – 7 257 ta
- 2024 yilda – 6 681 ta