30/09/2024

2024- yil 1-sentabr holatiga koʻra, Toshkent viloyatida savdo sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 13 568 tani tashkil qildi.

Viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan har uchinchi korxona savdo sohasida faoliyat yuritadi.

Savdo sohasining yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimoti quyidagicha: - avtomobil va mototsikllar savdosidan tashqari chakana savdo sohasidagi ulishi 61,6 foizni; - avtomobil va mototsikllar savdosidan tashqari ulgurji savdo sohasidagi ulishi 29,9 foizni; - avtomobil va mototsikllarning ulgurji va chakana savdosi va ularni ta’mirlash yo‘nalishida 8,4 foizni tashkil etdi.