27/09/2024

2024- yil 1-sentabr holatiga koʻra, Toshkent viloyatida sanoat sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlarning soni 6 519 tani tashkil qildi. Sanoat korxonalari jami korxona va tashkilotlarning 15,6 % ulushini tashkil etdi. Shundan – 93,1 % ini ishlab chiqarish sanoati, 4,4 % ini tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash, 1,7 % ini suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish va 0,7 % ini elektr, gaz bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash tashkil etgan.