19/09/2024

Joriy yilning 19-sentabr kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari E. Urunov hamda Demografiya, mehnat va gender statistikasi boʻlimi boshlig‘i V. Xoldarov tomonidan tuman (shahar) statistika boʻlim xodimlari uchun demografiya, mehnat va gender statistikasiga oid koʻrsatkichlar hamda ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan vebinar tashkil etildi.

Shuningdek, vebinarda demografiya, mehnat va gender statistikasiga oid koʻrsatkichlarni shakllantirish tartibi va uslubiyoti batafsil tushuntirib berildi. Ushbu koʻrsatkichlarni hududlar kesimida hisoblash va e’lon qilish tartibi misollar bilan koʻrsatildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi.