18/09/2024

Joriy yilning 18-sentabr kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari va tadbirkorlik statistikasi boʻlimi tomonidan hududiy statistika bo‘limi xodimlari uchun ishbilarmonlik muhiti va tadbirkorlik statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

Shuningdek, vebinarda xodimlarga ishbilarmonlik muhiti va tadbirkorlik statistikasiga oid koʻrsatkichlarni shakllantirish tartibi va uslubiyati batafsil tushuntirib berildi. Ushbu koʻrsatkichlarni hududlar kesimida hisoblash tartibi tushintirildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi.