18/09/2024

Joriy yilning 17- sentabr kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i U.Sattorov tomonidan Oqqo‘rg‘on tumani 6-son umumiy o‘rta ta‘lim maktabida “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi qonun yuzasidan seminar o‘tkazildi.

Seminarda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 710-son qarori doirasida amalga oshirilgan ishlar, “Aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni ijrosini taʻminlash maqsadida aholini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati, ahamiyati va uni o‘tkazish nima uchun zarurligi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.