Toshkent viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, viloyatimizda ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida 2024- yilning yanvar-iyul oylarida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 4,9 foizini tashkil etgan bo‘lsa, uning fizik hajm indeksi 104,7 foizni tashkil etgan va ishlab chiqarish hajmi 3 458,9 mlrd so‘mni tashkil etdi. Kiyim ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 2,9 foizni, fizik hajm indeksi esa 94,0 foizni tashkil etgan va ishlab chiqarish hajmi 2 051,1 mlrd so‘mni tashkil etdi.