2024- yilning yanvar-iyul oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 54,9 % ga to‘g‘ri keldi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2023- yilning yanvar-iyul oyiga nisbatan 108,1 % ni tashkil etgan holda 5 068,8 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi.