Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan milliy liboslarimizda xalqimizning ming asrlik oʻtmishi, urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari shuningdek, oʻziga xos xususiyatlari mujassamligini namoyon etish, milliy qadriyatlarimizni mazmunan boyitish maqsadida “Xon atlas” festivalini oʻtkazish an’anaga aylandi.
Ushbu an’anani yanada kengroq targʻib etish maqsadida joriy yilning 12-sentabr kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi xotin-qizlari ham "Xon atlas" festivalida faol ishtirok etmoqda.