12/09/2024

Joriy yilning 12-sentabr kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasida “Korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda Statistika agentligining statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko'rsatish boshqarmasi boshlig'i  N.Sheraliyev, boshqarma rahbariyati, barcha tarmoq bo‘limlari hamda masofaviy tarzda hududiy statistika bo‘lim xodimlari ishtirok etishdi. 

Unda Statistika agentligining statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko'rsatish boshqarmasi boshlig'i  N.Sheraliyev vidoekonferensiya orqali hozirgi kunda mamlakatimizda korrupsiya illatiga qarshi kurashish masalasida olib borilayotgan amaliy ishlar, “manfaatlar to‘qnashuvi” hamda qabul qilingan me'yoriy hujjatlar toʻgʻrisida, korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazishini, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtirib, oqibatda inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib kelishi aytib o‘tildi. Bundan tashqari Korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida boshqarma boshlig'i tomonidan muntazam ravishda tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Shu bilan birga seminar yakunida III chorak yakuni bo'yicha oylik, choraklik statistik hisobotlar qamrovida korrupsiya holatiga yo'l qo'ymaslik va hisobotlar qamrovini sifatli taʼminlash yuzasidan ko'rsatma va topshiriqlar berildi.