2024- yilning yanvar-iyun oylarida Toshkent viloyatida korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar – 5 539,9 mlrd so‘m yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 17,4 % ini tashkil etdi. Aholi mablag‘lari hisobidan jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 6,7 % i yoki 2 136,9 mlrd so‘mi o‘zlashtirildi.