05/09/2024

2024- yil 1-avgust holatiga ko‘ra, Toshkent viloyatida yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 2 887 taga yetdi.
Ushbu xizmatlar sohasi tahlili shuni ko‘rsatdiki:
- mehmonxonalar, turistik oromgohlar, dam olish va ko‘ngilochar parklar yashash bo‘yicha xizmatlar yo‘nalishining asosiy faoliyati hisoblanib, yashash va bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning 11,2 % ulushini tashkil etdi;
- restoran va buyurtma bo‘yicha oziq–ovqat va ovqat mahsulotlarini yetkazish, oziqovqat va ichimliklar yetkazish bo‘yicha xizmatlar yo‘nalishining asosi hisoblanib, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasining 88,8 % ulushini tashkil etdi.