05/09/2024

2024- yilning yanvar – iyun yakunlariga ko‘ra, Toshkent viloyatida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lar umumiy hajmining 96,2 %i - dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar, 3,1 %i – o‘rmon xo‘jaligi, 0,7 %i – baliqchilik xo‘jaligi hissasiga to‘g‘ri keladi.

Shahar va tumanlar kesimida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining eng yuqori o‘sish sur’atlari Yangiyo‘l sh. (110,2 %), Quyi chirchiq tumani (107,5 %), Yangiyo‘l tumani (105,8 %) va Qibray tumanlarda (105,3 %) kuzatildi.