04/09/2024

2024- yil yanvar-iyunida  Toshkent viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 12 234,5 mlrd. so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi yoki ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmining 69,4 %ini tashkil qildi va o‘sish sur’ati 2023- yil yanvar-iyun oylariga nisbatan 112,7 %ni tashkil qildi.

Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p xizmatlar hajmi Zangiota tumani (1091,3 mlrd. so‘m), Chirchiq shahri (1012,9 mlrd. so‘m), Olmaliq shahri (885,1 mlrd. so‘m), Qibray tumani (874,4 mlrd. so‘m), Toshkent tumani (809,2 mlrd. so‘m), Angren shahri (754,5 mlrd so‘m) va Bo‘stonliq tumani (657,2 mlrd. so‘m) hissasiga to‘g‘ri keldi.