04/09/2024

2024- yilning yanvar–iyul oylarida Piskent tumanida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmi 1074,3 mlrd. so‘mni yoki 2023- yilning mos davriga nisbatan 104,3 %ni tashkil qildi. Xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari umumiy hajmining 18,9 % fermer xo‘jaliklariga , 61,3 %i dehqon xo‘jaliklariga va 19,8 %i qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.