30/08/2024

Respublikamizda 2024- yilning yanvar-iyul oylarida 48 705 ta yangi kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etilgan.

Ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha:

savdo sohasida – 17 386 ta;

sanoat sohasida – 9 029 ta;

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 5 647 ta;

yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 4 125 ta;

qurilish sohasida – 2 351 ta;

axborot va aloqa sohasida – 1 894 ta;

tashish va saqlash sohasida – 1 556 ta;

sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 940 ta;

boshqa sohalarda – 5 777 tani tashkil etgan.