2024- yilning 1– iyul holatiga ko‘ra, Toshkent viloyatida qo‘y va echkilarning umumiy bosh soni 1 106 ming taga yetdi.
2023- yilning mos davri bilan solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda qo‘y va echkilar bosh soni 16 ming taga (1,5%) ko‘paydi.
Xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, jami qo‘y va echkilarning 63,1 %i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelishi kuzatildi.