2024- yilning yanvar-iyun oylarida Toshkent viloyati bo‘yicha barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 5009,0 tonna baliq ovlangan.
Ushbu ko‘rsatkich 2023- yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 0,9 %ga o‘sgan.
Baliq ovlash umumiy hajmining eng yuqori ulushi Quyi Chirchiq tumani 1 981 tonnaga to‘g‘ri kelgan.
Shu bilan birga, Yangiyo‘l (1 259), O‘rta Chirchiq (861) va Zangiota (280) tumanlarida ham baliq ovlashning yuqori ko‘rsatkichlari qayd etilgan.