27/08/2024

Viloyatimizda 2024- yilning 1- avgust holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan  korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 41 421 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 35 280 tani tashkil etgan.

Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:

  • Zangiota tumani – 4 255 ta
  • Qibray tumani – 3 022 ta
  •  Toshkent tumani – 2 578 ta
  • Chirchiq shahri – 2 306 ta

 Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:

  • savdo sohasida – 13 401 ta
  • sanoat sohasida – 6 326 ta
  • qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 3 572 ta
  • qurilish sohasida – 2 382 ta
  • yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 2 863 ta