2024- yilning yanvar-iyunida Toshkent viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 15201,9 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.
Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi Chirchiq shahri (3042,8 mlrd. so‘m), Zangiota tumani (2175,0 mlrd.soʻm), Toshkent tumani (1144,8 mlrd. soʻm), Yuqori Chirchiq tumani (1100,6 mlrd. soʻm) va Qibray (1083,5 mlrd. soʻm) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keldi.