2024- yilning yanvar-iyul oylarida Toshkent viloyatida jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 1762,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Qurilish ishlari 2023- yilga nisbatan 104,7 %ni tashkil etib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 2023- yildagi ko‘rsatkich darajasidan 13,0% punktga kamayib, 19,1 %ni tashkil etdi.