Joriy yilning 26-avgust kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari X. Igamberdiyev hamda “Ijtimoiy soha statistikasi” boʻlimi xodimi tomonidan hududiy statistika bo‘lim xodimlari uchun ijtimoiy soha statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.
Shuningdek, vebinarda xodimlarga ijtimoiy soha statistikasiga oid koʻrsatkichlarni shakllantirish tartibi va uslubiyoti batafsil tushuntirib berildi. Ushbu koʻrsatkichlarni hududlar kesimida hisoblash va e’lon qilish tartibi misollar bilan koʻrsatildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi.