2024- yilning yanvar-iyul oylarida Toshkent viloyatida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 54,9 %ga to‘g‘ri keldi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 108,1 %ni tashkil etgan holda 5 068,8 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.