2024- yilning yanvar-iyul oylarida Toshkent viloyatida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 20,8 trln. so‘mga yetdi. O’tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 113,1 foizni tashkil etdi.
Hududlar kesimida ko‘rsatilgan xizmatlarining eng yuqori ulushi Zangiota tumanida (9,9 %), Chirchiq shahrida (8,6 %) va Qibray tumanida (8,4 %)ni tashkil etdi.
Viloyatda aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining hajmi 6,8 mln. so‘m miqdorida qayd etildi.