Joriy yilning 21-avgust kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i U.Sattorov hamda Bekobod shahar statistikasi bo‘limi boshlig‘i Z.Nazirovlar tomonidan aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Bekobod shahrining mahalla fuqarolar yig‘inlarida mahalla faollari bilan birgalikda raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.