Joriy yilning 21-avgust kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi "Xizmatlar sohasi statistikasi" bo‘limi mutaxassisi A.Quttiboyev tomonidan Yuqori Chirchiq tumanida bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkor va oʻzini-oʻzi band qilgan jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.
Kuzatuv davomida bozor xizmatlarini koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻz-oʻzini band qilgan jismoniy shaxslar tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar ma’lumotlarini registrator tomonidan planshet qurilmasiga shaffof va xatosiz kiritish ishlari amalga oshirildi.