2024- yilning 1– iyul holatiga ko‘ra, Toshkent viloyatida parrandalarning umumiy bosh soni 16 745 ming taga yetdi.
2023- yilning mos davri bilan solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda parrandalar bosh soni 1 156 ming taga yoki 7,4 %ga ko‘paygan.
Xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, jami parrandalarning 52,4 %i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelishi kuzatildi.