20/08/2024

Dastlabki ma’lumotlarga asosan, 2024-yilning yanvar–iyun oylarida respublika bo‘yicha barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 3,7 mlrd dona tuxum yetishtirilgan.

Ushbu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 4,1 % ga o‘sgan.

Tuxum yetishtirish umumiy hajmining eng yuqori ulushi Toshkent viloyati (16,6 %) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Shu bilan birga, Samarqand (14,1 %), Namangan (8,2 %) va Andijon (8,2 %) viloyatlarida ham tuxum yetishtirishning yuqori ko‘rsatkichlari qayd etilgan.