Toshkent viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, viloyatimizda yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 2024- yil 1- avgust holatiga ko‘ra 2 887 tani tashkil etdi.
Ushbu xizmatlar sohasi tahlili shuni ko‘rsatdiki:
- mehmonxonalar, turistik oromgohlar, dam olish va ko‘ngilochar parklar yashash bo‘yicha xizmatlar yo‘nalishining asosiy faoliyati hisoblanib, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning 11,2 % ulushini tashkil etdi;
- restoran va buyurtma bo‘yicha oziq–ovqat va ovqat mahsulotlarini yetkazish, oziqovqat va ichimliklar yetkazish bo‘yicha xizmatlar yo‘nalishining asosi hisoblanib, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasining 88,8 % ulushini tashkil etdi.
Yashash bo‘yicha xizmatlar soni 324 tani va oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar yetkazish bo‘yicha xizmatlar soni 2 563 tani tashkil etdi.




