Toshkent viloyatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning o‘zlashtirilgan hajmi 2024- yilning yanvar-iyun oylarida 8 672,1 mlrd. so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,7 barobar oshdi. Bunda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha yuqori ko‘rsatkich Yuqori Chirchiq (2 208,8 mlrd. so‘m) va Ohangaron (2 285,5 mlrd. so‘m) tumanlariga to‘g‘ri keldi.




